Olam nurga to'lsin sen bilan, Navro'z
Yangiliklar /
2024-03-20/
56

Paxtakor pedagogika kollejida 20-mart kuni Xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati va ezgu qadriyatlarini o'zida yaqqol mujassam etgan, ona tabiat va odamlar ruhiyatida yuz beradigan yasharish, yangilanish va yuksalishlarni asrlar davomida to'la namoyon qilib kelayotgan Navro'zi olam eng ardoqli milliy bayramlarimizni “Olam nurga to'lsin sen bilan, Navro'z!” shiori ostida tadbir tashkil qilindi.
Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tadbir guruhlar o'rtasida milliy liboslar , madaniy-ma'rifiy musobaqalar hamda an’ana va sahna koʻrinishlar bilan o'tqazilib, talaba yoshlarda juda katta taasurot uyg'otdi. Tadbir natijasiga ko'ra
1-o'rin- Maktabgacha talim tashkilotlarida tarbiyachi 40/23-guruh talabalari,
2-o'rin-26/23-guruh talabalari,
3-o'rin-27/23-guruh talabalari egalladilar.